Сайт работает в тестовом режиме

Matbuot anjumani

16 февраль 2024 год
image

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamkorligida "Tizimda 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilgi rejalar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

iloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamkorligida "Tizimda 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilgi rejalar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda Respublika, viloyat va mahalliy OAV xodimlari, telejurnalistlar va soha mas’ullari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida matbuot anjumani qatnashchilari viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati tomonidan tayyorlangan 2023-yilda sohada amalga oshirilgan ishlar xususidagi 10 daqiqali "Sarhisob" videolavha bilan tanishdilar. 

Shundan so‘ng, tadbirda so‘z olgan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2024-yil istiqbol rejasi bilan tanishtirdi. Ijodkorlarni tizimdagi islohotlar va yangiliklarni keng yoritishga yaqindan yordam berish va har tomonlama hamkorlikka daʼvat qildi. 

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar savollariga boshqarma boshlig‘i va soha mas'ullari batafsil javoblar berishdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb