Новости
FARG‘ONA VILOYATI PROKURORIDAN YANA BIR TASHABBUS
6 июнь 2024 год
Viloyat prokurori tashabbusi bilan farg‘onalik qirq nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oila farzandlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi.
FARG‘ONA VILOYATI PROKURORIDAN YANA BIR TASHABBUS
Viloyat prokurori tashabbusi bilan farg‘onalik qirq nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oila farzandlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi.
Bugun 14 yoshgacha bo‘lgan ushbu o‘quvchilarga Farg‘ona shahridagi shinam, bacha qulayliklarga ega bo‘lgan "Humo" bolalar oromgohiga yo‘llanma hamda yaxshi va mazmunli dam olishlari uchun zarur bo‘lgan narsalar sovg‘a sifatida berilgi.
Marosimda qatnashgan viloyat prokurori o‘rinbosari viloyat prokurori nomidan barchani yozgi dam olish mavsumi boshlangani munosabati bilan tabriklab, ularga maroqli hordiq chiqarib, sog‘liqlarini tiklab olishlarini tiladi.
Shundan so‘ng bolajonlar Farg‘ona shahrida joylashgan hayvonot bog‘ida sayohatda bo‘ldilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.