Новости
RASMIY MUNOSABAT
7 апрель 2024 год
Ijtimoiy tarmoqda Marg‘ilon shahridagi 6-maktab o‘quvchilariga turli majburiyatlar yuklanayotgani tanqid ostiga olingan xabar Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida maktab o‘quvchilaridan va ularning ota-onalaridan "open byudjet"ga ovoz berish so‘ralgani aniqlandi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan suhbatlashilganda bu harakatldarga majburlaganlik yoki topshiriqni bajarmaganga nisbatan tahdid qilingan holat aniqlanmadi.
Aksincha, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining ota-onalari ushbu jarayonlarda o‘z ixtiyorlari bilan qatnashganliklarini aytishdi. Maktab rahbariyati iltimos qilganini bayon qilishdi.
Shunday bo‘lsa-da, maktab rahbariyati o‘quvchilarni va ularning ota-onalariga majburiyat yuklamasligi, o‘quvchilarning ta’lim olishiga ko‘mak berishi hamda hamkorlik faqat bilim olish yo‘lida bo‘lishi lozimligi uqtirilganligini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ts'limi boshqarmasi Axborot xizmati.