Сайт работает в тестовом режиме

Qo‘shtepa tumanida ham “Turon” maktab teatri  respublika tanlovining tuman  bosqichi o‘tkazildi. 

4 октябрь 2024 год
image

Qo‘shtepa tumanida “Turon” maktab teatri  respublika tanlovining tuman  bosqichi o‘tkazildi. Uning ochulish marosimida qatnashgan tuman hokimi Anvarjon Abdullayev va viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilafruz Kosimova ishtirokchilariga omad va zafarlar tiladi.

Bugun Qo‘shtepa tumanida ham “Turon” maktab teatri  respublika tanlovining tuman  bosqichi o‘tkazildi. 

Tanlovning ochulish marosimida qatnashgan tuman hokimi Anvarjon Abdullayev va viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilafruz Kosimova ishtirokchilariga omad va zafarlar tiladi. 

Respublikamiz bo‘ylab o’tkazilayotgan mazkur tanlovning 1-bosqichida o‘quvchilarimiz turli sahna ko‘rinishlari orqali o‘z iqtidorlarini namoyish qilishmoqda.

Bugungi bellashuvlarda tumanda hudud bosqichida g‘olib bo‘lgan sakkiz jamoa ishtirok etdilar. 

Umumiy natijalarga ko‘ra, “Turon” maktab teatri  respublika tanlovi tuman bosqichining  3-o‘rinni 6-maktabning “Nihol”, 2-o‘rinni 17-maktabning “Ilm mash’allari” va  1-o‘rinni 35-maktabning “Chig‘atoy” jamoasi egalladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb