Сайт работает в тестовом режиме

RASMIY MUNOSABAT

4 октябрь 2024 год
image

Telejurnalistlar tomonidan  tasvirga olingan va efirga uzatilgan  “Rishton tumani “Yuqori Avazboy” MFY hududida qurilishi boshlangan maktab binosi qurilishi kechikayotgani” haqidagi tanqidiy lavha Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ushbu televidengiya tomonidan  tarqatilgan xabarda  maktab o‘quvchilari uzoq masofadagi maktabga borib o‘qiyotgani, u maktabda ham yetarli sharoitlar yo‘qligi haqida bo‘rttirilib so‘z yuritilgan.

Tuman hokimligi tomonidan mavjud kamchiliklar bartaraf etilishiga amaliy ko‘mak berilgan.

Hozirgi kunda mazkur maktabda o‘quvchilar uchun sharoitlar yetarli. Ularning har tomonlama bilim olishlari uchun imkoniyatlar mavjud. 
 
Maktabda yangi bino qurilishi belgilangan reja asosida olib borilmoqda. 

Bunyodkorlar amalga oshirilayotgan ishlarini vaqtida va sifatli qilib bajarish uchun bor imkoniyatlardan foydalanayotganini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb