Новости
Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov So‘x tumanidagi bir qator ta’lim muassasalarida bo‘ldi
20 январь 2025 год
Rahbar mazkur tumandagi 19-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va 17-umumiy o‘rta ta'lim maktabida qish mavsumidagi jarayonlar, xonalardagi issiqlik harorati, tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, muassasalarning moddiy-texnik bazasi hamda ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan qiziqdi.
Boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘rganish jarayonida mazkur ta’lim maskanlarida ko‘zga tashlangan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Sherzod Dolimov So‘x tumaniga tashrifi chog‘ida “Bolajonlarga dunyolar kerak emas, ozgina mehr, e’tibor dunyo quvonchlarini beradi” tamoyili asosida uy ta’limida o‘qiyotgan o‘quvchilar holidan xabar oldi.
Ularning xonadonida bo‘lib, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Rahbar suhbat chog‘ida o‘quvchilarning kelajakdagi maqsadlari bilan qiziqdi.
Bolajonlarga sovg‘a sifatida kitob va o‘quv qurollarini hadiya qildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.