Yangiliklar

.

Beshariqlik bitiruvchilar oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi

25-iyun 2026-yil
image

​Beshariq tumanida ta’limda yuqori natijalarga erishgan bitiruvchilarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

​Bu yil tumandagi 62 ta umumta’lim maktabini 2 432 nafar o‘quvchi bitirmoqda.

Ulardan 39 nafari o‘z bilimi, tirishqoqligi va yuksak natijalari bilan medallarga munosib ko‘rildi:
​29 nafar bitiruvchi — oltin medal;
​10 nafar bitiruvchi — kumush medal bilan taqdirlandi.
​E’tiborli jihati: Medal sohiblari orasida hozirning o‘zidayoq Angliya, AQSh, Malayziya va Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan iqtidorli yoshlar ham bor.

​Bugungi medallar — nafaqat ko‘p yillik mehnatning munosib e’tirofi, balki Beshariq yoshlarining ulkan orzular sari qo‘ygan ilk ishonchli qadamidir.
​
Iqtidorli bitiruvchilarimizga kelgusi hayot yo‘lida va oliy ta’lim bosqichida yanada katta zafarlar tilaymiz!

​Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb