Yangiliklar

.

6690 NAFAR FARG‘ONALIK O‘QUVCHI PREZIDENT MAKTABI UCHUN BILIMLARINI SINOVDAN O‘TKAZMOQDA

25-iyun 2026-yil
image

​Xabardorsiz, ayni vaqtda Farg‘ona viloyatida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi — saralash test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.


​Imtihon jarayonlari viloyatning 20 ta binosida belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Joriy yilda Farg‘ona viloyatidan 6690 nafar o‘quvchi Prezident maktabiga o‘qishga kirish istagini bildirib, hujjatlarini rasmiylashtirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada yuqori.
 

Ma’lumot uchun, 2025-yilda mazkur nufuzli ta’lim muassasasiga 5670 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lib, bu yilgi talabgorlar soni o‘tgan yilga nisbatan 1020 nafarga ko‘paygan.


​Bugun imtihon jarayonlarini Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ham kuzatdi. U imtihonlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, ishtirokchilar hamda ularning ota-onalari bilan muloqot qildi.

​Boshqarma boshlig‘i barcha o‘quvchilarga omad tilab, ushbu sinovlar yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etishda muhim bosqich ekanini ta’kidladi.

​Prezident maktablariga qabul jarayonlari belgilangan tartib asosida davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb