Yangiliklar

.

“YILNING ENG FAOL YOSH XODIMI” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

26-iyun 2026-yil
image

Bugun Farg‘onada “Yilning eng faol yosh xodimi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyati bosqich tashkil etildi

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning kasbiy salohiyati, tashabbuskorligi, liderlik qobiliyati hamda innovatsion yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini munosib rag‘batlantirishdan iborat.

Tanlovda viloyatning barcha tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalari, kasbiy mahorati hamda ijodiy salohiyatini namoyon etdilar.

Ishtirokchilar turli shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashib, qizg‘in va murosasiz bahslarda qatnashdilar.

Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari xolisona baholanib, yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni  Qo‘qon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi Azizaxon Axmedova, 2-o‘rinni  So‘x tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi Muxtor Muxtorova va  3-o‘rinni Quva tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi Rahmatjon Ikromov qo‘lga kiritdi.

Tanlov yakunida g‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb