Yangiliklar

.

Farg‘onada ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari davom etmoqda

29-iyun 2026-yil
image



Bugun Farg‘ona viloyatida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinflariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Viloyat bo‘ylab tashkil etilgan imtihonlarda minglab o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazmoqda.

Talabgorlar matematika hamda ingliz tili fanlaridan test topshiriqlarini bajarib, o‘z bilim va tayyorgarlik darajasini namoyon etishmoqda.

Bugungi jarayonlar ikki smenada tashkil etilgan bo‘lib, birinchi smenada 8 088 nafar, ikkinchi smenada esa 7 780 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.

Shu tariqa, bugungi sinovlarda jami 15 868 nafar talabgor o‘z bilimini sinovdan o‘tkazmoqda.

Farg‘ona viloyatida sinovlar barcha talab va me’yorlarga to‘liq amal qilingan holda tashkil etilgan 24 ta imtihon binosida o‘tkazilmoqda.

Har bir imtihon hududida ishtirokchilarning xavfsizligi, qulayligi hamda ota-onalar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Jarayonlar ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida, mas’ul tashkilotlar hamda kuzatuvchilar nazorati ostida belgilangan tartibda olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyatida imtihonlarning yuqori saviyada tashkil etilishi, barcha ishtirokchilar uchun teng va adolatli sharoitlar yaratilgani sinovlarning shaffof hamda xolis o‘tishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Bilim va salohiyatini namoyon etayotgan barcha o‘quvchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb