Yangiliklar

.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga kirish imtihonlariga start berildi

3-iyul 2026-yil
image

#Imtihon_2026

Bugun respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda uning hududlardagi filiallariga 2026–2027-o‘quv yili uchun 7-, 8-, 9- va 10-sinflarga kirish imtihonlari boshlandi.

Farg‘ona viloyatida mazkur ta’lim muassasasida tahsil olish istagini bildirgan 3 712 nafar talabgor hujjat topshirgan.

Imtihonlar belgilangan tartib asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilingan holda tashkil etilmoqda.

Sinov jarayonlarida abituriyentlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Imtihon o‘tkazilayotgan hududlarda tibbiy xizmat, xavfsizlik, tartibni saqlash hamda ota-onalar uchun kutish joylari tashkil etilgan.

Mas’ullar tomonidan imtihonlarning adolatli va xolis o‘tishini ta’minlash, barcha ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tabiiy fanlar yo‘nalishida iqtidorli o‘quvchilarni saralash va ularning salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan nufuzli ta’lim maskanlaridan biri hisoblanadi.

Barcha talabgorlarga kirish imtihonlarida omad va muvaffaqiyat tilaymiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
Axborot xizmati
.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb