Yangiliklar
Oltiariq tumanidagi ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda
2-iyul 2026-yil
Xabaringiz bor bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Oltiariq tumanidagi bir qator maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi qurilish-ta’mirlash hamda yozgi sog‘lomlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
Investitsiya dasturlari ijrosi: 1-umumta’lim maktabida investitsiya dasturi doirasida barpo etilayotgan 840 o‘rinli yangi o‘quv binoning qurilish jarayoni, shuningdek, muassasadagi inklyuziv ta’lim sharoitlari ko‘zdan kechirildi. 35, 36-DMTTlar hamda 39-maktabda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari sifati nazoratga olindi.
Yozgi sog‘lomlashtirish va obodonlashtirish: 34-IDUM hamda 17-umumta’lim maktabida yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarining tashkil etilishi va hududlarni obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi.
6-maktabda esa yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik choralari tahlil qilindi.
Maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanish sharoit va tozalik:
Tumandagi 5-, 25- va 37-DMTTlarda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi hamda yozgi sog‘lomlashtirish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni muddatida va sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatma hamda tavsiyalar berdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati