Yangiliklar
Ba'zan bitta ezgu amal mingta so‘zdan ham ta'sirliroq bo‘ladi...
4-iyul 2026-yil
#Kun_Qahramonlari
Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda uning hududlardagi filiallariga 2026-2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugungi ob-havo biroz injiqlik qilayotganiga, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ayotganiga qaramay, imtihon ishtirokchilarining kayfiyati yuqori.
Jarayon davomida e'tiborimizni tortgan bir voqea barchamizga insoniylikning eng go‘zal fazilatlarini yana bir bor namoyon etdi.
Imtihonga kelgan o‘quvchilardan biri oyog‘i sirpanib yiqilib, yurishga qiynalib qoldi.
Ammo u imtihonda ishtirok etish niyatidan voz kechmadi.
Shu paytda holatni ko‘rgan Milliy gvardiya xodimi Ulmasov Zuxriddin o‘quvchini ko‘tarib, imtihon zalidagi o‘rnigacha olib borib o‘tqazdi.
Insoniylik, mehr-oqibat va burchga sadoqat ana shunday amallarda namoyon bo‘ladi.
Bugungi kun qahramoni — Ulmasov Zuxriddin! Ezgu ishingiz uchun sizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Barcha ishtirokchilarga esa omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Hurmat bilan
Odiljon Jalolov,
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati rahbari.