Yangiliklar
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga kirish imtihonlariga start berildi
4-iyul 2026-yil
#Imtihon_2026 #LIVE
Bugun respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda uning hududlardagi filiallariga 2026-2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlariga start berildi.
Farg‘ona viloyatida ham imtihonlar belgilangan tartib va vaqtda tashkil etildi. Imtihon jarayonining boshlanishida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ishtirok etdi.
U imtihonlarning adolatli, shaffof va belgilangan tartib-qoidalar asosida o‘tkazilishiga ishonch bildirib, barcha abituriyentlarga omad tiladi.
Ishtirokchilar imtihon jarayonlarida ko‘tarinki kayfiyatda, faol ishtirok etmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.