Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
29-iyun 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda Rishton tumanidagi 15- va 30-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yuzasidan bildirilgan murojaat Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha amaldagi tartib asosida xizmat o‘rganishi olib borilmoqda.
O‘rganish jarayonida murojaatda keltirilgan barcha holatlar atroflicha tahlil qilinib, ularga huquqiy baho beriladi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
O‘rganish ishlari yakunlangach, uning natijalari va qabul qilingan qarorlar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati