Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

29-iyun 2026-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan murojaatda Rishton tumanidagi ta’lim tizimi, maktabgacha ta’lim hamda mahalliy boshqaruv organlari faoliyatiga oid qator tanqidiy fikrlar, jumladan, korrupsiya, tanish-bilishchilik va ayrim rahbarlarning mas’uliyatsizligi yuzasidan e’tirozlar bildirilgan.

Mazkur murojaatda keltirilgan holatlar belgilangan tartibda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida murojaatda bayon etilgan vajlar, tegishli hujjatlar hamda mas’ul xodimlarning tushuntirishlari atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq orqali tarqatilgan murojaatda keltirilgan qator da’volar o‘z tasdig‘ini topmadi. Xususan, murojaatda qayd etilgan ayrim holatlar aniq dalillar bilan tasdiqlanmagani, ayrim ma’lumotlar esa voqelikni to‘liq aks ettirmasdan talqin qilingani aniqlandi.

Shu bilan birga, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi har bir murojaat va tanqidiy fikrni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqishga hamda asosli murojaatlar yuzasidan tegishli choralarni ko‘rishga doimo tayyor ekanini ma’lum qiladi.

Fuqarolar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshirilmagan yoki tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatishda mas’uliyat bilan yondashishlarini, axborotni e’lon qilishdan avval uning ishonchliligini tekshirishlarini so‘raymiz.

Chunki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yoki asossiz ma’lumotlarni tarqatish amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, ommaviy axborot makonida xolislik, haqqoniylik va qonuniylik tamoyillariga rioya etilishi jamiyatda ishonchli axborot muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini eslatib o‘tamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb