Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
24-iyun 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda "Qo‘qon maktablaridagi shoshilinch ishdan bo‘shatishlar va tayinlovlar surishtiruvi" sarlavhasi ostida tarqatilgan xabar yuzasidan holat belgilangan tartibda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tegishli hujjatlar qayta ko‘rib chiqildi hamda mutaxassislarning xulosalari olindi.
Aniqlanishicha, xabarda keltirilgan direktorlarni lavozimdan ozod etish va tayinlash bilan bog‘liq jarayonlar amaldagi mehnat qonunchiligi hamda belgilangan tartib asosida amalga oshirilgan.
Mazkur jarayonlarda amaldagi me'yoriy hujjatlar talablari buzilmagan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.