Yangiliklar

.

Oltiariq tumanidagi ta’lim maskanlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallada

8-iyul 2026-yil
image

Tumanidagi umumta’lim maktablarida 2026–2027-o‘quv yilini yuqori saviyada kutib olish hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

​Ayni kunlarda tuman miqyosidagi barcha ta’lim muassasalarida joriy ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish ва ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Xususan, o‘quvchilarning sifatli bilim olishlarini ta’minlash maqsadida quyidagi choralarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
*​Sinf xonalari va fan kabinetlari to‘liq tartibga keltirilib, ta’lim jarayoniga shay holatga keltirilmoqda;
*oʻquv jihozlari yangilanib, eskilari ta’mirlanmoqda;
*o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sanitariya-gigiyena va yong‘in xavfsizligi talablarining bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.

Amalga oshirilayotgan barcha tizimli sa’y-harakatlar o‘g‘il-qizlarimizni zamonaviy, xavfsiz hamda qulay ta’lim muhitida kutib olishga qaratilgan.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb