Yangiliklar
Yozyovondagi MTTda “Meva-sabzavot do‘konida” mavzuida tadbiri o‘tkazildi
8-iyul 2026-yil
Yozyovon tumanidagi 1-davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning dunyoqarashi va mustaqil fikrlashini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Muassasada bolajonlar ishtirokida turli qiziqarli va interfaol tadbirlarni tashkil etish allaqachon go‘zal an’anaga aylangan.
Yaqinda tashkilotda “Sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida o‘tkazilgan “Meva-sabzavot do‘konida” mavzusidagi ochiq mashg‘ulot bolajonlarda juda katta taassurot qoldirdi.
Tadbirlar davomida bog‘cha mashg‘ulot xonasi ramziy ravishda rang-barang, yangi uzilgan meva va sabzavotlar bilan to‘la do‘kon ko‘rinishiga keltirildi.
Bolalar shunchaki tomoshabin emas, balki jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishdi:
“Sotuvchi va xaridor” o‘yini: Bolajonlar sotuvchi, kassir va xaridor rollarini mahorat bilan ijro etib, muloqot madaniyati hamda oddiy matematik hisob-kitob ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rishdi.
Tarbiyalanuvchilar har bir meva va sabzavotning inson sog‘lig‘i uchun foydali xususiyatlari, ulardagi vitaminlar haqida she’r va topishmoqlar aytishdi.
Bolajonlarga mevalarni albatta yuvib eyish va tozalikka rioya qilish muhimligi tushuntirildi.
Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — bolalarning nutqini o‘stirish, ijtimoiy hayotga moslashishiga ko‘maklashish, sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish ko‘nikmalarini bolalikdan shakllantirishdir.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi Axborot xizmati.