Yangiliklar
BOSHQARMA BOSHLIG‘I QO‘SHTEPA TUMANIDAGI TA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI O‘RGANDI
7-iyul 2026-yil
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov tomonidan joylardagi ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari hamda yaratilgan sharoitlarni o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi ishchi tashrifi davomida boshqarma boshlig‘i Qo‘shtepa tumanidagi bir qator umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘ldi.
Jumladan, tumandagi 1-, 2-, 4-, 6- va 26-sonli umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, tozalik va obodonlashtirish ishlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, tashkil etilgan to‘garaklar hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, rahbar tumandagi 11-, 14-, 17- va 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (DMTT) ham tashrif buyurdi. Muassasalarda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, obodonlashtirish va tozalik ishlari, gigiyena talablariga rioya etilishi hamda sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar va mavjud tizimli muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tuman bo‘limi hamda ta’lim muassasalari rahbarlariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.