Yangiliklar

.

FARG‘ONA VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI - BILIM VA MA'RIFAT MASKANI

29-iyun 2026-yil
image

#Infografika

Farg‘ona viloyat Bolalar kutubxonasi bugungi kunda yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy axborot resurslaridan samarali foydalanishini ta'minlashda muhim ma'rifat maskanlaridan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.
Kutubxona faoliyati raqamlarda:
Jami foydalanuvchilar – 15 032 nafar.
Shundan:
1–4-sinf o‘quvchilari - 3 490 nafar;
5–11-sinf o‘quvchilari – 5 814 nafar;
aholi vakillari – 2 864 nafar;
elektron resurslardan foydalanuvchilar – 2 864 nafar.

Jami kitobxonlar soni – 15 032 ta, kitobxonlarga taqdim etilgan adabiyotlar soni esa 240 512 nusxani tashkil etdi.
Umumiy kitob fondi – 44 586 nusxa.
Jumladan:
 bolalar adabiyoti – 21 380 nusxa;
 badiiy adabiyotlar – 9 488 nusxa;
 o‘quv-metodik adabiyotlar – 4 233 nusxa;
 ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar – 8 123 nusxa;
 ma’lumotnoma va lug‘atlar – 1 362 nusxa.

Fonddagi adabiyotlar tillar kesimida:
o‘zbek tilida – 31 105 nusxa (shundan 17 019 nusxasi kirill, 14 086 nusxasi lotin alifbosida);
rus tilida – 13 136 nusxa;
xorijiy tillarda – 210 nusxa;
boshqa tilida – 135 nusxa.

Boy kitob fondi, zamonaviy elektron resurslar va kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar Farg‘ona viloyat Bolalar kutubxonasini yoshlarning bilim olishi, dunyoqarashini kengaytirishi hamda mutolaa madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgan nufuzli ma’rifat maskanlaridan biriga aylantirmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb