Yangiliklar

.

“KELAJAK SOATI” — O‘QUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

21-sentabr 2026-yil
image

“KELAJAK SOATI” — O‘QUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Bugun Farg‘ona shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Gulxumor Xalilova shahardagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-“A” sinf o‘quvchilari bilan “Kelajak soati” mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Mashg‘ulot davomida belgilangan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Mavzuning mazmun-mohiyati, uning yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida fikr almashildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, o‘z nuqtayi nazarini erkin ifodalashi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mavzu yuzasidan esse yozish hamda uni himoya qilish topshirig‘i berildi.
Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar o‘z fikrlarini bayon etib, mavzu bo‘yicha faol ishtirok etdilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb