Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

16-fevral 2024-yil
image

 

Ijtimoiy tarmoqda fuqaro Muzaffar Usmonov murojaat qilib, Dang‘ara tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidagi kamchilik va muammolarni tanqid qilgani uchun tumanning soha mutasaddisi uni sudga berganini iddao qilgan. 

O‘rganish jarayonida fuqaro turli asoslanmagan vajlar orqali tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari hamda rahbarlari sha'niga nisbatan bir qator tuhmatlar qilgani bois, soha mutasaddisi tomonidan tegishli huquq-tartibot idoralariga da'vo arizalari qilingani aniqlandi. Hozirda Sud jarayonlari davom etmoqda...

Shuningdek, mazkur murojaatida Dang‘ara tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga tegishli bo‘lgan avtomoshinalar jarima maydonlarida saqlanib, byudjetga zarar keltirayotgani va soha rahbarlari e’tiborsizligi ham asossiz tanqid qilingan.

Mazkur avtomoshina sobiq Dang‘ara tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limiga tegishli bo‘lib, mulk egaligi bo‘yicha hujjatlarga aniqlik kiritilguncha mazkur joyda tuman hokimligi va yuqori tashkilot bilan kelishilgan holda saqlanmoqda.

 Ayni damda tuman MMT bo‘limi avtomoshinaga ehtiyoji yo‘qligini ma’lum qilamiz.

Eslatma: Konstitutsiyamizga muvofiq, har kim axborotni izlash, olish, tadqiq qilish, uzatish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.

Biroq asoslanmagan xabarlarni tarqatganlik uchun qonunlarimizda tegishli tartibda jazolar belgilanganligini ham unutmaslik kerak.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb