Yangiliklar

.

FARG‘ONADA HUQUQIY NIGILIZM VA KORRUPSIYAGA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

22-sentabr 2026-yil
image

Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazida 250 nafar tinglovchi ishtirokida huquqiy nigilizmning oldini olish, huquqiy madaniyat va savodxonlikni oshirishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari hamkorligida tashkil etildi.
Unda qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, ta’lim tizimida ochiqlik va qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik hamda imtihon jarayonlarida salbiy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb