Yangiliklar

.

ChQBT mashg‘ulotlari uchun zamonaviy maydoncha tashkil etildi

24-sentabr 2026-yil
image

Uchko‘prik tumanidagi 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyati doirasida o‘quvchilarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligini samarali tashkil etish maqsadida ChQBT maydonchasi tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimligi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari ishtirok etdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb