Yangiliklar
Uchko‘prikda “Sen iste’dodlisan!” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
14-oktabr 2026-yil
Uchko‘prik tumanida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Sen iste’dodlisan!” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Tanlov doirasida o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy ishlari va iste’dodlarini namoyish etdilar.
G‘olib o‘quvchsi tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.