Yangiliklar
Maktab-Ota-ona-mahalla
19-fevral 2024-yil
Ayni kunlarda Farg‘ona viloyatida “Maktab-Ota-ona-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan mas’ul boshqarmalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘zining ijobiy samarasini berib kelmoqda.
Xususan, o‘quvchilarning darslarga qatnashish ko‘rsatkichi yaxshi bo‘lgan, mahalla va ota-onalar bilan muntazam hamkorlikni mustahkamlagan Marg‘ilon shahridagi 25-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining faol o‘qituvchilarning xizmatlari alohida e’tiroflidir.
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi boshlig‘i ushbu ta’lim maskaniga tashrif buyurib, barcha o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Maktab direktoriga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Kelgusida, maktablardagi davomat hamda o‘quvchilarning muammoli masalalarini bartaraf etishda faol bo‘layotgan maktablar tahlil qilinib, belgilangan tartibga rag‘batlantirilib borilishi ta’kidlandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.