Yangiliklar
USTOZ — EL ARDOG‘IDAGI ULUG‘ SIYMO
1-oktabr 2026-yil
"O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Quvasoy shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati tomonidan uzoq yillar ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilgan faxriy ustoz holidan xabar olindi.
Ustozlarning hayoti va xonadonidagi sharoitlari bilan yaqindan tanishilib, samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
Faxriy pedagoglarga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
E’tibor va ehtiromdan mamnun bo‘lgan ustozlar ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan barcha pedagoglarga ezgu tilaklarini bildirib, duolar qildilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.