Yangiliklar

.

#Asosiy_fan_olimpiadasi_2-kun

16-oktabr 2026-yil
image

FARG‘ONADA OLIMPIADADA O‘QUVCHILAR FAOL ISHTIROK ETMOQDA
Asosiy fan olimpiadasining ikkinchi kunida ishtirokchilar tarix fanidan bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Bugungi bellashuvlarda umumta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari, nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari hamda texnikum talabalaridan 5 ming nafarga yaqin yosh ishtirok etmoqda.
Olimpiadaning shaffof va adolatli o‘tishi, ishtirokchilar uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur bellashuv iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarish hamda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb