Yangiliklar

.

FARG‘ONADA ASOSIY FAN OLIMPIADASIGA START BERILDI: 60 MINGDAN ZIYOD O‘QUVCHI BILIMLARINI SINOVDAN O‘TKAZMOQDA!

15-oktabr 2026-yil
image

FARG‘ONADA ASOSIY FAN OLIMPIADASIGA START BERILDI: 60 MINGDAN ZIYOD O‘QUVCHI BILIMLARINI SINOVDAN O‘TKAZMOQDA!
Farg‘ona viloyatida Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichiga start berildi.
Joriy bosqichda viloyatning 19 ta tuman va shahridan 60 ming nafardan ziyod o‘quvchi ishtirok etmoqda.
Olimpiada 16 ta hududda an’anaviy shaklda, Farg‘ona va Quvasoy shaharlari hamda Furqat tumanida esa kompyuter orqali onlayn tarzda tashkil etildi.
Belgilangan reja-grafik asosida bugun o‘quvchilar geografiya fanidan o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqda.
13 kun davom etadigan olimpiada davomida ishtirokchilar turli fanlar bo‘yicha bellashadilar.
Olimpiadaning ilk kunida barcha hududlarda tantanali ochilish tadbirlari o‘tkazilib, ishtirokchilarga omad tilandi.
Jumladan, Farg‘ona shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham olimpiada uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Mazkur bosqichda shahardan jami 3 003 nafar o‘quvchi ishtirok etish uchun ariza topshirgan.
Bellashuvlarning shaffof, xolis va adolatli o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, ota-onalar uchun ham zarur qulayliklar yaratilgan.
Asosiy fan olimpiadasi o‘quvchilarning bilimini sinovdan o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning intellektual salohiyatini namoyon etish uchun muhim maydon hisoblanadi.
Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb