Yangiliklar
#Kelajak_soati
19-oktabr 2026-yil
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotlari ustoz va murabbiylarga hurmat-ehtirom mavzusiga bag‘ishlandi.
Darslarda o‘quvchilarga ustozlarning inson kamoloti, yosh avlodning bilimli va ma’naviyatli bo‘lib voyaga yetishidagi o‘rni, ilm-ma’rifatning hayotdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Samimiy muloqotlar davomida o‘quvchilar ustozga hurmat, minnatdorlik va ehtirom tuyg‘ulari haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashdilar.
Bunday mashg‘ulotlar yosh avlod qalbida ustozga sadoqat, ilmga intilish va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.