Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Farg‘onada Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlariga start berild

19-fevral 2024-yil
image

Farg‘onada Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlariga start berildi

Bugun Farg‘ona shahridagi 40-IDUMda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 363 nafar o‘qituvchilar 2 navbatda test topshiradilar. 

Xabaringiz bor, 2024-yilda Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni Respublika bo‘yicha 1250 nafar etib belgilandi (1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan). 

Bu kvota “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlari bo‘yicha tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlandi.

Mazkur maktabda test jarayonlari shaffof va adolatli o‘tishi uchun belgilangan tartibdagi barcha choralar ko‘rilgan.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb