Yangiliklar

.

FARG‘ONADA TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH BO‘YICHA XALQARO HAMKORLIK KENGAYMOQDA

19-oktabr 2026-yil
image

Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Germaniyaning Prosica kompaniyasi vakillari ishtirokida umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzodjon Po‘lvanov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i To‘ychi Boymatov, Prosica kompaniyasi vakillari hamda soha mas’ullari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida chet tillari, fizika, matematika va biologiya fanlarini yagona raqamli ta’lim platformasi orqali zamonaviy, innovatsion va interaktiv metodikalar asosida o‘qitish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
Fanlarni yagona raqamli ta’lim platformasiga integratsiya qilish;
Dars jarayonlarida interaktiv metodikalar, virtual laboratoriyalar va raqamli ta’lim resurslaridan samarali foydalanish;
O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda olgan bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash;
O‘qituvchilar uchun zamonaviy raqamli vositalar yordamida darslarni samarali tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirish.

Mazkur hamkorlik tashabbusi Farg‘ona viloyatida ta’lim jarayonlarini raqamli transformatsiya qilish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va ilg‘or texnologiyalarni ta’lim tizimiga tatbiq etish orqali ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari, shuningdek, taklif etilayotgan raqamli yechimlarni umumta’lim muassasalarida joriy etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb