Yangiliklar

.

#ASOSIY FAN OLIMPIADASI: 5-KUN

19-oktabr 2026-yil
image

Bugun o‘quvchilar biologiya fanidan bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Asosiy fan olimpiadasi tasdiqlangan reja-grafik asosida davom etmoqda. Bellashuvlarning beshinchi kunida ishtirokchilar biologiya fanidan o‘z bilimlarini namoyon etib, belgilangan topshiriqlarni bajarish orqali o‘zaro bellashmoqdalar.
Bugungi olimpiadada uch navbatda 9-, 10- va 11-sinf umumta’lim maktablari o‘quvchilari, nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari hamda texnikum talabalari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar soni qariyb 5 ming nafarni tashkil etadi.

Olimpiada jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish, ishtirokchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, bellashuvlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Barcha sinovlar belgilangan tartib-qoidalar asosida, xolislik va adolat tamoyillariga rioya etilgan holda o‘tkazilmoqda.

Test sinovlari natijalariga ko‘ra, biologiya fani bo‘yicha uch nafar g‘olib aniqlanib, ular olimpiadaning uchinchi — hududiy bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Asosiy fan olimpiadasi — bilimli, izlanuvchan va iqtidorli yoshlarni kashf etish yo‘lidagi muhim imkoniyat!
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@uzedu.uz
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb