Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

20-fevral 2024-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda Qo‘qon shahridagi 16-maktabda darslar o‘tilmayayotgani, maktabning oldingi direktori lavozimidan olinib, o‘rniga 33-maktab direktorining  manaviyat bo‘yicha o‘rinbosari direktorlik lavozimiga nima uchun qo‘yilgani, maktabda muhit yaxshi emasligi xususida e'tiroz qilingan. 
 
 Mazkur xabar tegishli tartibda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida darslar o‘tilayotgani, ayrim yuqori sinflarda davomat pastligi aniqlandi. Holatni yaxshilash yuzasidan mas’ullar ishtirokida tegishli cholralar belgilandi.

Maktabning avvalgi rahbari tegishli sabablarga ko‘ra, o‘z arizasiga binoan ishdan ketgani. 

Uning o‘rniga qo‘yilgan rahbar, ya’ni shahardagi 33-maktab direktorining o‘rinbosari belgilangan tartibga ko‘ra, mazkur maktabga vaqtincha rahbar vazifasini bajarish uchun safarbar qilingan. Kuni kecha viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov mazkur maktabda bo‘lib, muassasa mutasaddilari bilan maktabda muhitni va o‘quvchilar davomotini yaxshilash va ta’lim samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilar ota-onalari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha aniq tavsiyalar berganini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb