Yangiliklar
21-fevral – Xalqaro ona tili kuni
21-fevral 2024-yil
O‘z ona tilingizni ardoqlang. Millatni boshqalardan ajratib turadigan vosita bu - uning tilidir.
1999-yilda YuNESKO 21-fevralni Xalqaro ona tili kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Bu kun bejiz tanlanmagan. 1952-yil 21-fevralda Sharqiy Pokistonda (1971 yildan Bangladesh) bengal tilini davlat tili sifatida tan olish talabi bilan namoyishga chiqqan talabalar halok bo‘lgan.
ONA TILIM
Abdulla Oripov she’ri
Ming yillarkim bulbul kalomi
O’zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho’rlik to’tining holi
O’zgalarga taqlid hamisha
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo’qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to’ti bo’lib qolaman!
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.