Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

PRESS TUR 

22-fevral 2024-yil
image

Bugun O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori va Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan imzolangan reja-dasturga asosan, Yozyovon tumanining “Yangi O‘zbekiston” massivida yangi bunyod etilgan zamonaviy 40-maktabda navbatdagi press tur tashkillandi.  

Unda Respublika, viloyat va mahalliy OAV xodimlari, telejurnalistlar va soha mas’ulari ishtirok etishdi.

Prezidentimizning 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 21261,7 million so‘m mablag‘ sarflanib bunyod etilgan 5 qavatli mazkur maktabda 12x24 o‘lchamdagi sportzal, 165 o‘rinli faollar zali, 100 o‘rinli oshxona va tashqi sport maydonlari mavjud. 

Barcha sinf xonalari zamonaviy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Tadbir qatnashchilari yangi maktab bilan tanishib, havaslari kelganini yashirishmadi.
 
Muassasa direktori Mo‘sajon Oxunov o‘quv dargohi hayoti bilan tanishtirib, savollarga javoblar berdi.

Shuningdek press tur ishtirokchilari mazkur hududdagi qurib bitkazilgan 420 o‘rinli  maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan tanishdilar. Binoda tarbiyalanuvchilar uchun oshxona, sport, musiqiy zallar mavjud. 

Birinchi qavatdagi guruh xonalari pol qismilariga isitish moslamalari o‘rnatilgan.

Bog‘chani barcha xonalari to‘liq zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. 

Hudud landshafti zamonaviy bezatilgan. 

Bugungi kunda bog‘cha binosini qurish ishlari to‘liq yakunlangan. 

Tez kunlarda foydalanishga qabul qilinadi.

Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Foziljon Yuldashev zamonaviy bog‘cha haqida jurnalistlarga gapirib berdi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun o‘tkazilgan mazkur tadbirlar tufayli sohadagi ulkan bunyodkorlik ishlardan butun respublika voqif bo‘ladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb