Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
26-fevral 2024-yil
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda “Bog‘cha tarbiyachisi: “Ayb boshqalarda bo‘la turib, men jazo olamanmi?” mazmunida xabar tarqatildi.
Xabar tegishli tartibda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rgangib chiqildi.
Murojaatchining vajlari yolg‘on, iddaolari asossiz va homiladorlik to‘g‘risidagi hujjatini qalbakilashtirilganligi aniqlandi…
Fuqaro nimani iddao qiliyapti?
Mazkur xabarda 33-DMIT tarbiyachisi Mamadaliyeva Shaxnoza Xusanboy qizi ishdan nohaq bo‘shatilgani “direktor meni ayblab ishdan bo‘shatdi. Uch bolam bor, homiladorman. Universitetda o‘qiyman, bu yil bitiraman. Tarbiyachi sifatida 1 million 360 ming so‘m oylik olaman, 12 million so‘m kontrakt to‘layman. Nega ayb boshqalarda bo‘lib, men jazo olishim kerak? Holat yuzasidan ko‘mak so‘rayman” kabi vajlar qilgan...
Aslida nima bo‘lgan?
O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, Quva tumanidagi 33-DMTT tarbiyachisi Mamadaliyeva Shaxnoza Xusanboy qizining onasi mazkur muassasada rahbar bo‘lib (2018-yil avgust – 2022-yil yanvar) ishlagan davrda kunduzgi qorovul sifatida ishga olingan. 2019-yildan tarbiyachilikka o‘tkazilgan.
Muassasa xodimlari bilan suhbatlashganda murojaatchi har doim o‘z ishiga panja orasidan qaraganini, hamkasblarini hurmat qilmaganini va muomala madaniyati pastligini ta’kidlashgan.
Jamoada nosog‘lom muhit paydo bo‘lishining asosiy sababi shu xodimligini bildirishgan.
Tarbiyachi sifatida ishlagan vaqtida tarbiyalanuvchilarga nisbatan o‘ta qo‘pol va ularni kamsitib, haqoratlagan va bolajonlarni amaldagi tartibga zid ravishda tez-tez kaltaklab turgan ham shu xodim ekanligini aytishgan.
O‘rganish jarayonida tashkilotda ichki mehnat tartib-qoidalarini buzganligi, o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizligi, tashkilotni va tashkilotda ish olib borayotgan xodimlarni obro‘sizlantirganligi aniqlandi.
Ichki mehnat tartibi qoidalarining 1.5-bandida xodimning majburiyatlari belgilab qo‘yilgan.
Unga ko‘ra, xodim o‘zining xizmat vazifasini vijdonan, o‘z vaqtida bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ishni to‘g‘ri tashkil etishni qiyinlashtiruvchi va to‘sqinlik qiluvchi sabablarini zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rishi, ish bilan bog‘liq har qanday noxush holatlar to‘g‘risida zudlik bilan o‘z rahbarini xabardor qilishi va xizmat yuzasidan o‘zi xabardor bo‘lgan xizmat sirlariga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi ham belgilangan.
Mazkur holatlar Ichki mehnat tartib-qoidalarining 1.5-bandlari, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining 7-bandida belgilangan talabarning buzilishiga sabab bo‘lgan.
Sh.X.Mamadaliyevaga mazkur tashkilot direktorining 2023-yil 18-iyuldagi tegishli buyrug‘i bilan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa-da, xodim yetarli xulosa qilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Xulosa o‘rnida
Amaldagi tartibga asosan xodim tegishli tartibda ishdan bo‘shatilgan.
Shikoyati bois yuqori tashkilotdan unga boshqa joydan ish taklif qilingan.
Biroq Sh.Mamadaliyeva faqat shu tashkilotda ishlashi kerakligini aytib, takliflarni inkor qilgan va turli joylarga, jumladan, ijtimoi tarmoqlarga asoslanmagan bo‘htondan iborat iddaolarini jo‘natgan.
O‘rganish jarayonida tashkilotga taqdim etgan (nusxa) homiladorlik to‘g‘risidagi ma’lumoti soxtalashtirilgani aniqlandi.
Mazkur soxtalashtirilgan hujjat “ijodkorlari” faoliyatiga tez kunlarda tegishli tashkilotlar huquqiy baho berishini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.