Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

28-fevral 2024-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda “Bugun Rishton tuman MMTBda katta razbor!” sarlavha ostida tarqatilgan xabar Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. 

O‘rganish jaoayonida mazkur xabar mutlaqo asossiz tarqatilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 562-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. 

Ushbu tanlovning tuman bosqichi shu yili 26-fevral kuni bo‘lib o‘tdi. 

Tanlovning Rishton tuman bosqichi Rishton tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida belgilangan Nizom talablari asosida o‘tkazildi. Ushbu jarayonda tumandagi maktablardan 5 nafardan 7-8-9-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar kuch sinashdi.

Hakamlar hay’atining qaroriga asosan ushbu tanlovda 31-maktab 1-o‘rinni, 20-maktab 2-o‘rinni va 1-maktab 3-o‘rinni egallagan. 

Yuqoridagi maqoladan so‘ng hakamlar hay’ati va guvohlar ishtirokida o‘quvchilarning ishlari qayta tekshirildi va natija o‘zgarishsiz qoldirildi. 
Ushbu tanlov shaffof va adolatli o‘tkazilganligini ma’lum qilamiz.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasida jurnalist o‘zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bo‘lishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar ekanligi belgilangan.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb