Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

19-mart 2024-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda “Farg‘ona shahridagi 86-maktab-internatida imperiya” mazmunida tarqatilgan murojaat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.
  
O‘rganish davomida maktab internatida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodekisining 121-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-mart kundagi 133-sonli qaroriga zid ravishda yaqin qarindoshlar ishlab kelayotganligi, O‘zbekiston Respublikasining Bandlik to‘g‘risidagi qonunining 13-moddasi 9-bandida Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan mahalliy mehnat organiga har bir hisobot oyining oxiridagi holatga ko‘ra, elektron tarzda yoki qog‘ozda taqdim etilishi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, mazkur ta’lim  muassasasi rahbariyati bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni milliy bazaga elektron tartibda kiritmagan va qog‘oz shakilda mahalliy mehnat organlariga taqdim etmaganligi kabi bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Shuningdek, ushbu jarayonda maktab-internati faoliyat olib boayotgan DO‘IBO‘ M.R. hamda muassasa hamshirasi Yo.Q. ish faoliyatida ham kamchiliklar mavjudligi o‘z aksini topdi.

Aniqlangan mehnatga oid qonun buzilish holatlari yuzasidan maktab-internati xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilishida muhokama qilinishi, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanishi, faoliyatida kamchiliklar aniqlangan xodimlarga nisbatan mehnat qonunchiligi doirasida intizomiy jazo chorasi ko‘rish masalasi yuzasidan boshqarma boshlig‘i tomonidan yozma ko‘rsatma kiritilganini ma'lum qilamiz. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb