Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

22-mart 2024-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda fuqaro Dang‘ara tumanida yashovchi Muzaffar Usmonov murojaat qilib, Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshlig‘i Sherzod Dolimov uni qabul qilishi haqida va’da berganiga qaramay, uni hanuzgacha qabul qilmagani haqida gapirgan.

Aval xabar berganimizdek (https://t.me/fvxtb/12745), kuni kecha fuqaro Muzaffar Usmonov Toshkent shahriga borib Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Shin Agrippina Vasilevnaning fuqarolarni qabulxonasi kuni haftaning chorshanba kuni bo‘lganligi sababli fuqaroni boshqa mas'ul shaxslar qabul qilishgan. Biroq M.Usmonov shaxsan Shin Agrippina qabul qilishini talab qilgan. 

Uning da'volarini mas'ul shaxslar tinglagan va murojaat masalasi viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan bog‘liqligi tufayli boshqarma boshlig‘i bilan telefon orqali bog‘lanilgan. 

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov mehnat ta'tilida bo‘lganligi bois, fuqaroni joriy yilning 14-mart kuni shaxsan qabul qilishi mumkinligini bildirgan. Shu kuni va keyingi kunda ham murojaatchi Muzaffar Usmonov Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga kelmagan.

Barcha joylarda bo‘lgani kabi Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida ham rahbar, uning o‘rinbosari va mas’ul shaxslarning fuqarolarni qabul qilish grafigi mavjud. 
Mazkur tartib asosida fuqarolarni qabuli muntazam amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb