Yangiliklar
Ogohlikka da’vat — bugungi kunning asosiy talabi
28-mart 2024-yil
Farg‘ona tumanidagi 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tumandagi umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda o‘qituvchilar ishtirokida "Ogohlikka da’vat — bugungi kunning asosiy talabi" mavzusida tadbir tashkil etildi.
"Soxta da’volar" nomli videofilm namoyishi bilan boshlangan tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash, missionerlikning oldini olish, "O‘zingni va o‘z uyingni o‘zing asra" tamoyilidan kelib chiqib, yoshlarimizni noqonuniy xorijiy davlatlarga chiqib ketishlarining oldini olish, ularning mahallada faoliyat yuritayotgan mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, ayollar faollari bilan hamkorlikda bandligini ta’minlash hamda muqaddas dinimiz sofligini asrash barobarida farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanish, yoshlar va ayollar jinoyatchiligining oldini olish, erta turmush va sha’riy nikoh kabi illatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalarida fikrlari bildirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha ta maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.