Yangiliklar
FAN OLIMPIADALARINING RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBI TAQDIRLANDI
30-mart 2024-yil
Xabaringiz bor, joriy yilning 24-27-mart kunlari Surxondaryo viloyatida Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli olimpiadada tarix fanidan qatnashgan Furqat tumanidagi 33-maktab o‘quvchisi Iqboljon Ma’murov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Kecha Furqat tumanidagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabida tuman hokimi, sektor rahbarlari, maktab direktorlari hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida vilovat sharafini munosib himoyalagan Iqboljon va uning ustozi Mashxuraxon Nurmatova hamda onasi Shaxnozaxon Qo‘ziyeva tumandagi rahbarlar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.