Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xohlagan imkon topar... 

2-aprel 2024-yil
image

"Eng katta boylik — bu, aql-zakovat va eng katta qashshoqlik esa — bu, bilimsizlik va tarbiyasizlik", deyiladi Prezidentimiz Shавкат Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi"da.

Mazkur g'oyani ilgari surgan Toshloq tumanidagi "Zamonaviy Kadr LC" xususiy maktabi ta'lim markaziga "bola manfaatini" qo'ygan holda darslarni Finlandiya, Singapur va Yaponiya ta'lim tizimidagi ilg‘or metodlardan andoza olib, tashkil etmoqda. 

Navbatdagi dars mashg'ulotlari ham o'quvchilarni darsning mohiyatini to'laqonli anglab yetishlari uchun tabiat qo'ynida tashkillandi.

Ushbu noan’anaviy darslar, mashg'ulotlar va sayr o‘quvchi kayfiyatini ijobiy tomonga o'zgartiradi, miyyani yengillashtirishga va uning mahsuldorligini oshirishga yordam beradi.

Tashkillanayotgan ingliz tili, IT, tabiiy fanlar va aniq fanlardagi ochiq darslar bevosita o'quvchilarning ta'lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

"Zamonaviy Kadr LC" maktabi maqsadi o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni O'zbekistonning va jahonning nufuzli oliygohlariga o'qishga yuborishdan iborat.

Tasvirdagi dars jarayoni maktabning stadionida bo‘lib o‘tmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb