Yangiliklar
"Turon" maktab teatri respublika tanlovining Marg‘ilon shahar bosqichi
4-aprel 2024-yil
"Turon" maktab teatri respublika tanlovining Marg‘ilon shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Mazkur tanlovning shahar bosqichi shahardagi Madaniyat markazida o‘tkazilmoqda.
Unda shahardagi 33 ta maktablardan 23 ta o‘quvchilarining jamoalari Nizomda belgilangan 3 ta shart asosida bellashmoqdalar.
Tashkilotchilar tomonidan nufuzli talovni talablar asosida va adolatli o‘tish choralari ko‘rilgan.
Har bir jamoani chiqishlari soha mutaxassislardan iborat bo‘lgan hay'at a'zolari odilona baholab borishmoqda.
Bideokameralar tadbirni onlayin tartibda ijtimoiy tarmoqda uzatib boryapti.
Tadbirda qatnashgan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilafruz Kosimova ishtirokchilarga omad tuladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.