Yangiliklar
Farg‘onada "TALIS 2024" xalqaro tadqiqoti davom etmoqda
6-aprel 2024-yil
Unda ta'lim muassasalari direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar ishtirok etishmoqda.
Oʻqitish va taʼlim olish muhitini oʻrganishga qaratilgan mazkur xalqaro tadqiqotda ishtirokchilar soʻrovnoma toʻldirish orqali belgilangan savollarga javob berib oʻtmoqdalar.
Bugun Farg‘ona va Quva tumani hamda Farg‘ona shahridagi 3 ta ta'lim muassasalarida o‘tkazilgan xalqaro tadqiqot jarayonlarida jami 63 nafar direktor va o‘qituvchilar ishtiroki etishdi.
Ma’lumot uchun:
TALIS tatiqotlarida 2008-yil birinchi davriylikda 24 ta davlat ishtirok etgan bo‘lsa, "TALIS — 2024" tadqiqotida ishtirokchilar soni 6 qit’ada 50 tadan oshdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.