Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
8-aprel 2024-yil
Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona shahridagi 21-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabining tarbiya fani o‘qituvchisi Mansurova Manzura Maksudovnaning murojaati Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib, quyidagilarni ma’lum qiladi:
Mansurova Manzura Maksudovnaga 2023-2024-o‘quv yili o‘qituvchilar tarifikatsiya ro‘yxatida haftalik 30 soat dars biriktirilgan.
2023-yil 10-noyabr kunidan 10-"E" sinf qisqarganligi sababli haftalik 29 soat darsida qolgan edi.
Lekin 2023-2024-o‘quv yili boshlangandan buyon Mansurova Manzura Maksudovna, oktyabr oyida 8 ish kuni, noyabr oyida 5 ish kuni, dekabr oyida 1 ish kuni, 2024-yilning yanvar va fevral oyida 8 ish kuni kasallik varaqasida yoki o‘z hisobidan ta’til olib, jami 22 ish kunida darslarini o‘tmagan.
Buning oqibatida maktab o‘quv rejasini bajarilishi va o‘quvchilarning darslarini katta qiyichiliklar bilan o‘rnini almashtirishlar qilishga to‘g‘ri kelgan.
Albatta bu holat o‘quvchilar va ota-onalarning xaqli e’tirozlariga sabab bolgan.
Maktab direktorining ushbu o‘qituvchini bir necha bor og‘zaki tarzda o‘zboshimchalik bilan surunkali turlu vajkar bilan ishga chiqmasligi bo‘yicha ogohlantitishiga qaramasdan, ishga chiqmaganligi sababli, maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining bildirgisi asosida, sog‘lom, o‘quvchilar bilan ishlashni xush ko‘ruvchi pedagoglarga 8 soat darsi bo‘lib berilganligi aniqlandi.
Bugungi kunda ushbu sinflarda darslar o‘z vaqtida talab darajasida o‘tilishi ta’minlangan.
Lekin M.Mansurova bugungi kunda 21 soat, ya’ni bir stavkadan ortiq dars soati bilan ta'minlangan va bu amaldagi tartiblarga zid emasligini ma'lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.