Yangiliklar
Bugun "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Quva tumani Al-Farg‘oniy nomidagi majmuada kitob festivali bo‘lib o‘tdi
25-aprel 2024-yil
Festivalda axborot-kutubxona markazi va umumta’lim maktabi kutubxonasi ko‘rgazmalarining namoyishi, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, shoir-yozuvchi, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv va davra suhbatlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir davomida kitob yarmarkalari, nufuzli korxona, tashkilot, tadbirkorlar tomonidan kutubxonalarga kitob sovg‘a qilish kabi xayrli ishlar ham amalga oshirildi.
Iroda Bahromova,
tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi metodisti.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.