Yangiliklar
"Turon" maktab teatri Respublika tanlovining tuman bosqichi hududlarda
26-aprel 2024-yil
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi, madaniyat vazirligi hamda Barkamol avlod bolalar maktabi hamkorligida tashkil etilgan "Turon" maktab teatri Respublika tanlovining tuman bosqichi hududlarda tashkil etilgan edi.
Ayni damda Fargʻona shahridagi Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Fargʻona viloyat musiqali drama va komediya teatrida “Turon” maktab teatri Respublika tanlovining viloyat bosqichi boshlanmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov hamda barcha mas'ullar jarayonda qatnashish uchun tashrif buyurishgan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.