Yangiliklar
Yozyovon tumani Yuqori Soybo‘yi MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida yangi qurib bitkazilgan 420 o‘rinlik davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lub o‘tdi.
27-aprel 2024-yil

Tumandagi zamonaviy, barcha qulayliklar va imkoniyatga ega bo‘lgan ikki qavatli mazkur 28-ta’lim muassasasini bunyod etilishiga davlatimiz tomonidan 12 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.
Yangi tashkilotning foydalanishga topshirilshi munosabati bilan tashkillangan tadbirda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, mahalla ahli ishtirok etishdi.
Marosimda qatnashgan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ushbu ta'lim maskanida yaratilgan sharoitlar kelajak avlodni sog‘lom, har tomonlama barkamol bo‘lib yetishishiga xizmat qilishini alohida ta'kidladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.